Uzun tumani hokimligi
“Uddaburon” dehqon

Sholi kurmaksiz bo‘lmaganidek, mahlla-ko‘yda. “Uddaburon” dehqonlar ham uchrab turibdi. Ular har qanday yo‘l bilan bo‘lsada tomorqadan mo‘may daromad olishni orzu qilishadi va ana shu o‘y-xayollar bilan jinoyat ko‘chasiga kirishadi.

Uzun tumanidagi “Do‘stlik" mahallasida yashovchi Alijon Jo‘raev xuddi mana shunday insonlar toifasidan chiqib qoldi. U tomorqasida tarkibida giyohvand modda bo‘lmish nasha o‘simligini ekib, astoydil parvarishlay boshladi. Orzulari bir dunyo edi. Biroq orzularini ro‘yobga chiqarishga Uzun tuman IIB xodimlari yo‘l qo‘yishmadi.

2019 yil 27 iyun kuny tuman IIB xodimlari tomonidan “Qoradori— 2019” tadbiri o‘tkazildi. Tadbir davomida Alijon Jo‘raev xonadoni va tomorqasi ham xolis guvohlar ishtirokida tekshirildi. Aliboy tomorqasida yong‘oq va anor daraxtlari orasida 2 tup nasha o‘simligani o‘stirayotganligi aniqlandi. A.Jo‘raevning ta’kidlashicha, nasha urugini marhum otasidan olgan ekan. Otasi unga og‘riq qoldirishda koni foyda, deya ta’rif berganmish. Shuning uchun nasha ekib parvarishlash bilan shug‘ullanib kelar ekan.

— Oyog‘im og‘riydi, o‘zim uchun ekib, parvarishlab kelaman. Nasha chekishimni hech kim bilmaydi hatto oilamdagilar ham, deydi
"Uddaburon dehqon”.

Qilmish-kidirmish, deganlaridek Niyozmurot Jo‘raevga ham qilmishiga yarasha qonuniy jazo tayinlandi.

 

JIB Uzun tuman sudining raisi:                       O.K.Jumanov

 

JIB Surxondaryo viloyat sudining sudyasi:    K.Nazarov

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
1 ta foydalanuvchi hozir saytda
Sayt haqida firingiz?

Ўзбекистон Республикаси герби    Ўзбекистон Республикаси байроғи   Ўзбекистон Республикаси мадҳияси