Ma’lumki 2021 yil 16-17 sentabr kunlari Tojikiston Respublikasi poytaxti Dushanbeda Shanxay hamkorlik tashkilotining navbatdagi videokonferensiya shaklidagi Sammiti tashkil etildi. Mazkur sammitda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev ishtirok etdi. Prezident tomonidan Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasidagi amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan qator dolzarb tashabbuslar va progressiv g‘oyalar ilgari surildi.
Dushanbeda bo‘lib o‘tayotgan Shanxay hamkorligi tashkilotida so‘zga chiqqan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Afg‘oniston borasida o‘zaro hamkorlikni muvofiqlashtirish hamda axborot xavfsizligini kuchaytirishni haqida gapirar ekan, ShHT doirasida quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirishni taklif qildi.
Afg‘onistondagi vaziyat bo‘yicha:
▫️ o‘zaro kelishilgan yondashuvlarni ishlab chiqish;
▫️ yangi hukumat bilan muloqotni yo‘lga qo‘yish;
▫️ Afg‘oniston jamiyatining barcha qatlam va guruhlari vakillari davlat boshqaruvida bo‘lishi juda muhim;
▫️ hududda ekstremizm va radikal g‘oyalar o‘sishiga yo‘l qo‘ymaslik;
▫️ Afg‘oniston hududidan uchinchi mamlakatlarga xavf solishga yo‘l qo‘ymaslik;
▫️ inson huquqlari, ayollar huquqlarini ta’minlash;
▫️ ijtimoiy muammolarni hal qilish;
▫️ xorijiy banklardagi Afg‘oniston davlat aktivlarini blokdan chiqarish;
▫️ doimiy ravishda «ShHT-Afg‘oniston» formatida yuqori darajali uchrashuvlari o‘tkazish;
▫️ Birinchi sammitni Toshkentda o‘tkazish.
Afg‘onistondagi tinchlik va barqarorlik bo‘yicha Prezidentning yuqoridagi takliflardan ham ko‘rishimiz mumkinki, O‘zbekiston Afg‘onistonda tinlik o‘rnatilishidan manfaatdordir.
Afg‘onistondagi tinchlik va barqarorlik avvalambor afg‘on xalqi, mintaqadagi boshqa davlatlar uchun qolaversa O‘zbekiston uchun ham katta imkoniyatlar eshigini ochadi. Masalan:
Yuqoridagi faktorlar bugungi kunda mamlakatimizni tashqi iqtisodiy, geosiyosiy xavfsizlik va barqarorlik borasidagi milliy manfaatlarni va maqsadlarini to‘liq qanoatlantira oladi.
Bundan tashqari 2021-22 yillar ShHT raisligi O‘zbekistonga o‘tadi. Shuningdek Davlat rahbari sammit davomida tashkilotning kelgusidagi faoliyatini yanada rivolantirish bo‘yicha quydagi strategik taklif va tashabbuslarini ilgari surdi.
ShHTning istiqbollari bo‘yicha:
Umuman olganda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning Shanxay Sammitidagi ishtiroki ham anjumanda bildirilgan takliflari nafaqat mamlakatimizdagi yoki mintaqada balki global miqyosdagi tinchlik va barqarorlik uchun konstruktiv ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisi Senati a’zosi, senator
A.SANGINOV
© Uzun tumani hokimligi veb-saytlari 2023
1 izoh