Uzun tumani hokimligi
Mamlakatimizda aholini ro‘yxatga olish har o‘n yilda o‘tkaziladi.

Davlatimiz rahbari tomonidan joriy yilning 16 mart kuni “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston RespublikasiningQonuni imzolandi. Mazkur Qonun, aholini ro‘yxatga olish sohasidagi munosabatlarni har tomonlama tartibga soluvchi ilk bor qabul qilingan huquqiy hujjat sifatida O‘zbekiston tarixidan o‘rin oldi. Chunki shu vaqtgacha bu sohada qonunchiligimizda hech qanday hujjat yo‘q edi.

Qonun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish Konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5655-son Farmoniga muvofiq ishlab chiqildi.

Qonunni ishlab chiqishda, Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Yevropa statistiklari konferensiyasining aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish bo‘yicha asosiy tamoyillari va tavsiyalaridan asos sifatida foydalanildi.Shuningdek, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, Osiyo va Yevropa mamlakatlari, jumladan, Rossiya Federatsiyasi, Belarus, Ukraina, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Janubiy Koreya, Hindiston, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, AQSh, Kanada va boshqa davlatlarning ushbu sohadagi tajribalari o‘rganilib, qonun loyihasini ishlab chiqishda foydalanildi.

Qonun beshta bob va o‘ttiz bir moddadan iborat bo‘lib, undaqonunning maqsadi, asosiy tushunchalar, aholini ro‘yxatga olishning vazifalari va prinsiplari yoritib berilgan. Asosiy prinsiplardan biri sifatida davriylik prinsipi, ya’ni aholini ro‘yxatga olish o‘n yilda kamida bir marta o‘tkazilishi hamda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilinishi belgilab qo‘yilgan.

Aholini ro‘yxatga olish jarayonida, shaxsga doir ma’lumotlar Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatga olish varaqlariasosida har bir respondent uchun yakka tartibda to‘ldiriladi, ya’ni ro‘yxatga oluvchi shaxslar tomonidan uyma-uy yurib, har bir respondent uchun alohida to‘ldiriladi. 

Yana bir muhim prinsiplardan biri, bu shaxsga doir ma’lumotlarning maxfiyligi bo‘lib, bunda aholini ro‘yxatga olish jarayonida yig‘ilgan shaxsga doir ma’lumotlar maxfiy hisoblanishi, ular respondentning roziligisiz oshkor etilmasligiva tarqatil-masligi qat’iy belgilab qo‘yilgan.

Qonunda respondent tushunchasiga ham aniqlik kiritib ketilgan, ya’ni respondentlar – aholini ro‘yxatga olish sanasida O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar hisoblanadi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi, lekin aholini ro‘yxatga olish sanasida uning hududidan tashqarida bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ham respondent hisoblanishi yoritib o‘tilgan.

Shuningdek, Qonunda,aholini ro‘yxatga olishni tartibga solish sohasida davlat boshqaruvi, maxsus vakolatli davlat organi, ro‘yxatga olishni o‘tkazishga ko‘maklashish bo‘yicha Respublika komissiyasi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatlari, aholini ro‘yxatga olishda ishtirok etuvchi respondentlarva ro‘yxatga oluvchi shaxslarning huquq va majburiyatlari, aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish tartibi,tadbirlarni moliyaviy ta’minlash asoslari belgilab berilgan.

Respublikamizda 2023 yilda ilk bor aholini
ro‘yxatga olish o‘tkaziladi

Ma’lumki, BMTning 2015 yil 10 iyundagi “2020 yilda aholi va uy-joy fondini ro‘yxatga olish borasidagi prinsiplar va tavsiyalar” rezolyusiyasi qabul qilingan va unga asosan, BMTga a’zo davlatlar har o‘n yilda kamida bir marta aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishi belgilab qo‘yilgan. Ayni paytda, MDH davlatlarida bu jarayonga tayyorgarlik boshlangan. 2019 yilning oktabr oyida Ozarbayjon va Belarus davlatlarida aholini ro‘yxatga olish tadbiri o‘tkazldi. Joriy yilda Armaniston, Rossiya, Ukraina, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston davlatlarida mazkur tadbirni o‘tkazish rejalashtirilgan.

Mamlakatimizda mustaqillik yillarida hali biror marta aholini ro‘yxatga olish o‘tkazilmagan. Ushbu tadbir so‘nggi bor sobiq ittifoq davrida 1989 yilda o‘tkazilib, o‘sha paytda yurtimiz aholisi 19,7 million kishini tashkil etgan.

Amaldagi joriy hisobga ko‘ra, 2020 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra respublikamiz doimiy aholisi soni 33 905,8 ming kishini tashkil etib, shundan shahar aholisi soni 17 118,4 ming kishini (jami aholi soniga nisbatan 50,5 %), qishloq aholisi soni 16 787,4 ming kishini (49,5 %) tashkil etadi.Jami aholimizning 50,2 % ni erkaklar (17036,1 ming kishi), 49,8 % ni ayollar (16869,7 ming kishi) tashkil etadi.

2019 yil davomida respublika bo‘yichatug‘ilganbolalar soni 815,9 ming nafarni, vafot etganlar 155,0 ming kishini tashkil etgan.

Respublika hududlari kesimida, 2020 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra eng ko‘p aholi soni Samarqand viloyatida 3878,0 ming kishini (respublika jami aholisi sonidagi ulushi 11,4 %), Farg‘ona viloyatida 3752,0 ming kishini (11,1 %) va Qashqadaryo viloyatida 3280,1ming kishini (9,7 %) tashkil etdi.

2020 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra hududlar bo‘yicha
doimiy aholi soni, ming kishi.

Biroq, aholining joriy hisobi bo‘yicha mavjud ma’lumotlar aholi soni, yashash sharoiti, ma’lumoti, bandligi, yosh-jins tarkibi, millat tarkibi, respublika hududida aholining joylashuvi va boshqa ijtimoiy-demografik o‘ziga xosliklar to‘g‘risida aniq xulosa va tahlillar qilishga yetarlicha imkoniyat bermayapti.

Shu munosabat bilan, mamlakatimizda ana shunday muhim tadbirni 2023 yilda ilk bor o‘tkazishga qaror qilindi. Bu borada O‘zbekiston Respublikasining “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasiing  2020 yil 11 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida 2023 yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
710-son qarori huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.

 

Aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish natijalari
nima beradi?

Aholini ro‘yxatga olish – O‘zbekiston Respublikasining butun hududida yoki uning muayyan hududlarida o‘tkaziladigan, belgilangan sanada aholining demografik va ijtimoiy-iqtisodiy tavsiflarini belgilovchi, shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ish va ularga ishlov berish hamda yakuniy ma’lumotlarni tarqatish va foydalanishning davriy jarayoni hisoblanadi.

Aholini ro‘yxatga olishning asosiy maqsadi mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish prognozlarini ishlab chiqish, demografik ko‘rsatkichlarni hisoblash va prognozlash, mehnat resurslari joylashuvi va ulardan foydalanishni o‘rganish hamda ilmiy tadqiqotlar olib borish uchun aholi to‘g‘risida ishonchli va xolis axborotlarni olish hisoblanadi.

Aholini ro‘yxatga olishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

- aholining sog‘lig‘ini mustahkamlash, xotin-qizlar va bolalar uchun shart-sharoitlarni yaxshilash, oilalarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha choralarni ishlab chiqish maqsadida, aholi tarkibidagi, demografik vaziyatdagi o‘zgarishlarni baholashga doir ma’lumotlar bazasini kengaytirish;

- shaharlarni va boshqa aholi punktlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, mehnat resurslarini joylashtirish hamda ulardan foydalanishning uzoq, o‘rta va qisqa muddatli prognozlari va dasturlarini tayyorlash;

- aholini ro‘yxatga olishdavrioralig‘idagi aholi soni va tarkibining joriy hisobini, hisob-kitoblarini hamda prognozlarini amalga oshirish;

- ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish.

Aholini ro‘yxatga olish qanday amalga oshiriladi?

Mazkur jarayon uch bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqich, tayyorgarlik bosqichi bo‘lib, 2-3 yilga yaqin vaqt davom etadi.

Tayyorgarlik jarayonidagi eng muhim masala, aholini ro‘yxatga olishda faol ishtirok etish bo‘yicha aholi o‘rtasida targ‘ibot ishlarini olib borish, reklama roliklari, logotip va shiorlar ishlab chiqish hamda boshqa shu kabi tadbirlar amalga oshiriladi.

Yana bir muhim vazifalardan biri bu –shahar va qishloq aholi punktlarining sxematik rejalarini va ma’muriy tumanlar xaritalarini tayyorlash hamda aholi punktlaridagi uylarning ro‘yxatini tuzish hisoblanadi. Bunda mahalla, qishloq va ovullarning chegaralari, ko‘chalarda nom belgilarining o‘rnatilganligi, turar va noturar joylarning aniq soni hamda uylarning raqamlanganligi aniqlashtirib olinadi.

Tayyorgarlik bosqichida aholini ro‘yxatga olish bilan bog‘liq hujjatlar, jumladan, ro‘yxatga olish varaqalari, ro‘yxatga olishni tashkil etish va o‘tkazish, uning natijalarini olish va e’lon qilish metodologiyasi ishlab chiqiladi.

Shuningdek, ro‘yxatga oluvchilarni tanlash ham eng muhim masalalardan biri hisoblanadi. Chunki ma’lumotlarning to‘g‘riligiga bevosita ayni ular mas’ul bo‘ladi va shakllantirilgan ma’lumotlar real bo‘lishi shart. Bu jarayonga har xil yoshda va kasbda bo‘lgan shaxslar jalb etilishi mumkin. Birinchi navbatda, Davlat statistika qo‘mitasi va uning hududiy organlari xodimlari, oliy ta’lim muassasalari o‘qituvchilari va yuqori bosqich talabalari, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumta’lim maktablari o‘qituvchilari, shuningdek, boshqatoifadagi shaxslar ham, ular mazkur jarayonda ishtirok etishga rozi bo‘lgan taqdirda, jalb qilinishi mumkin.

Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan tumanlar va shaharlar hokimliklari bilan birgalikda joylarda ro‘yxatga oluvchi xodimlarni o‘qitish bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslari tashkil etiladi va zarurat tug‘ilsa, ularga qo‘shimcha maslahatlar beriladi.

Ikkinchi bosqich, asosiy bosqich bo‘lib, bu taxminan 10-60 kungacha davom etadi. Bunda bevosita aholini ro‘yxatga olish amalga oshiriladi, ya’ni aholi to‘g‘risidagi ma’lumotlar yig‘iladi, nazorat tekshiruvi o‘tkaziladi va aholini ro‘yxatga olish materiallari topshiriladi.

Mamlakatimizda 2023 yilda o‘tkaziladigan aholini ro‘yxatga olish tadbiri an’anaviy usulda, ya’ni ro‘yxatga oluvchi shaxslar tomonidan hududlarda uyma-uy kirgan holda,yuzma-yuz suhbat asosida, qog‘oz shaklidagi ro‘yxatga olish varaqalarini to‘ldirish orqali amalga oshiriladi.

Uchinchi bosqichmuddati qariyb ikki yilgacha bo‘lib, ro‘yxatga olish jarayonida to‘planadigan statistik ma’lumotlar yagona elektron axborotlar tizimiga kiritilib, ma’lumotlar kodlashtirish yordamida tahlil qilinadi va natijalar e’lon qilinadi.

Amaldagi me’yoriy hujjatlarga binoan, yakuniy ma’lumotlarni uch tilda e’lon qilinishi ko‘zda tutilgan. Chora-tadbirlar dasturiga asosan 2025 yil 1 dekabriga qadar aholini ro‘yxatga olish natijalari rasman chop etiladi va e’lon qilinadi hamda aholini ro‘yxatga olishning dastlabki va yakuniy ma’lumotlari arxivda saqlash uchun tayyorlanadi.

Aholini ro‘yxatga olish qaysi manbalar
hisobidan moliyalashtiriladi?

Chet el davlatlari tajribasidan ma’lumki, aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish ko‘p mehnat va mablag‘ talab etadi. Buning uchun tadbirni moliyalashtirish manbalarini aniqlashtirib olish ham muhim masalalardan biri hisoblanadi.

Yurtimizda 2023 yilda o‘tkaziladigan aholini ro‘yxatga olish tadbirlarini moliyalashtirish,O‘zbekiston Respublikasida aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish konsepsiyasiga muvofiq, Davlat budjeti mablag‘lari va qonun bilan ta’qiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi.

Moliyalashtirish uchun zarur mablag‘lar hajmi O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi va boshqa mas’ul idoralar hisob-kitoblari asosida, shuningdek, tender savdolari va tender hujjatlarini rasmiylashtirish natijalari bo‘yicha aniqlanadi.

Aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga, uning materiallarini qayta ishlashga, natijalarini olish va e’lon qilishga jalb etilgan xodimlarning mehnatiga haq to‘lash maxsus ishlab chiqilgan va tasdiqlangan normativlar asosida amalga oshiriladi.

Ma’lumot tariqasida, 2010 yilda o‘tkazilgan aholini ro‘yxatga olish tadbirlariga sarflangan xarajatlar qiymati o‘rtacha aholi jon boshiga Tojikistonda 1,31 AQSh dollarini, Qirg‘izistonda 1,12 AQSh dollarini, Ozarbayjonda 1,03 AQSh dollarini, Moldovada 2,15 AQSh dollarini, Rossiya Federatsiyasida 3,81 AQSh dollarini tashkil etgan.

 

Tuman statistika

bo‘limi boshlig‘i    Sh.Xolnazarov

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
2 ta foydalanuvchi hozir saytda
Sayt haqida firingiz?
A'lo
0%
Yaxshi
0%
Qoniqarli
9%
Qoniqarsiz
100%
Jami: 4709 ovoz berildi.

Ўзбекистон Республикаси герби    Ўзбекистон Республикаси байроғи   Ўзбекистон Республикаси мадҳияси