Uzun tumani hokimligi
Islom diniy-ekstremizm va terrorizmga qarshi.

Insoniyat yaralibdiki, har bir shaxsda va uning ongida din uchun ajratilgan bo‘shliq mavjuddir. Inson qaysidir dinga e’tiqod qilishligi va qaysidir diniy amallarni bajarishligi aniq. Payg‘ambar (S.A.V) aytganlaridek: “Din nasihatdur” deganlar.

Agar inson to‘g‘ri dinga e’tiqod qilar  ekan dunyoda ham, ohiratda ham eng to‘g‘ri nasihatni topgan bo‘ladi.

Alloh Ta’olo Oli Imron surasining 19-oyatida bayon qilganidek “Albatta, Allohning huzuridagi din Islomdir. Kitob berilganlar faqat ularga ilm kelgandan so‘ng, o‘zaro hasad qilishibgina ixtilof qildilar. Kim Allohning oyatlariga kufr keltirsa, bas, albatta, Alloh hisobni tezda qiluvchidir”. (Oli Imron 19-oyat)

Ana endi yaqin yillarga kelib Din so‘zi, tushunchasi yoniga ekstremizm, terrorizm qo‘shimchalari paydo bo‘ldi. Aslida bu qo‘shimchalarning asl ma’nosi nima edi?

Diniy ekstremizm-jamiyat uchun an’anaviy bo‘lgan diniy qadriyatlar va aqidalarni rad etish, ularga zid bo‘lgan g‘oyalarni aldov va zo‘rovonlik bilan targ‘ib qilishga asoslangan nazariya va amaliyotni anglatadi.

Terrorizm-(lotincha-“qo‘rqitish”)-aholining keng qatlamlarida vahima va qo‘rquv uyg‘otish, jamiyatda beqarorlik keltirib chiqarish orqali davlat hokimyatini egallash maqsadida qaratilgan jinoiy faoliyatdir.

Hozirgi vaqtga kelib global muammo kasb etib Xalqaro terrorizm shaklini oldi. Ekstremizm va terrorizm bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan yagona jarayonning birin-ketin rivojlanadigan bosqichidir.

Hozirda dunyoda ko‘plab ekstremistik va terrorchi tashkilotlar mavjud bo‘lib afsuski, ularning muayyan qismi Islom dini niqobi ostida faoliyat yuritadi. Ular qatorida “Al-qoida”, “Hizbut-tahrir al-islomiy” (ozodlik islomiy partiyasi, “al-jihod”, “at-takfir val hijra” (takfir va hijrat), “Turkiston Islom harakati”, “Islomiy jihot ittihodi”, (Islomiy jihod uyushmasi), “Katibatul Imam al-Buhariy” (Imom Buhoriy batalyoni), “Jamoat Ansarulloh” (Allohning yordamchilari jamoasi), “Jabhat an-nusra” (G‘alaba fronti) va “Islom davlati” kabi buzg‘unchi tashkilotlarni sanash mumkin.

Ming afsuslar bo‘lsinki bunday buzg‘unchi, terrorchi oqimlar yildan-yilga, turli nomlar bilan sof Islom dini niqobi ostida qanchadan-qancha yoshlarni manqurtga aylantirmoqda.

Sof Islom dini o‘z nomi bilan tinchlik-totuvlik dinidir.

Yurt boshimiz BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida o‘z nutqlarida aytganlaridek: “Islom bu tinchlik-totuvlik dinidir. Islom bu terror emas, terrorizm-bu diniy terrorizm emas, xalqaro terrorizmdir” deb haqiqatni ochiq-oydin aytdilar.

Aziz yurtdoshlar, mo‘min-musulmonlar biz tinch va farovon, diniy erkinliklarga ega bo‘lgan yurtda yashamoqdamiz. E’tibor beraylik yoshlarimizga, farzandlarimizga, ularning ongini har xil buzg‘unchi shaxs va oqimlar buzib qo‘ymasin. Sof Islom dinidan adashtirib ongini zaxarlamasin.

Zero “Qiyomatda biz Alloh Ta’oloning huzurida farzandu-nabiralarimizni nazorat qilib, ularga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatmaganligimiz uchun aniq so‘ralamiz va javob beramiz.”

 

Uzun tumani “Domla Muhammadiy” jome’

masjidi Imom-xatibi: A.Ziyadullaev

1 izoh

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
4 ta foydalanuvchi hozir saytda
Sayt haqida firingiz?

Ўзбекистон Республикаси герби    Ўзбекистон Республикаси байроғи   Ўзбекистон Республикаси мадҳияси