Uzun tumani hokimligi
Elektr tarmoqlariga ulanish boʻyicha yangi tartib belgilandi.

Hukumat qarori (555-son, 31.08.2021-y.) bilan Yuridik va jismoniy shaxslarni elektr tarmoqlariga ulash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi.

Reglamentga koʻra, isteʼmolchi elektr tarmoqlariga ulanish uchun Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etadi yoki YAIDXP yoxud “ELEKTR” dasturiy taʼminoti (Onlayn platforma) orqali roʻyxatdan oʻtadi.

Soʻrovnoma toʻldirilib, tegishli maʼlumotlar taqdim etiladi.

 Xizmat uchun BHMning 10 foizi (27 ming soʻm) miqdorida yigʻim undiriladi. YAIDXP orqali murojaat etilganda yigʻim miqdori 24 300 soʻmni tashkil etadi.

Isteʼmolchilar elektr tarmoqlariga ulanish uchun Onlayn platforma orqali davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtgan holda murojaat etganda yigʻim undirilmaydi.

Isteʼmolchi murojaat etgan kundan boshlab 3 ish kunida elektr tarmoqlariga ulanishni rad etgan taqdirda, tegishli toʻlov summasi isteʼmolchiga 3 ish kunida qaytarib beriladi.

Ulanadigan quvvati 20 kVtgacha boʻlgan isteʼmolchilarni elektr tarmoqlariga ulash uchun elektr taʼminoti loyihasini ishlab chiqish talab etilmaydi. Bunda HETK tomonidan ishlab chiqilgan elektr tarmoqlariga ulash sxemasi elektr taʼminoti loyihasi hisoblanadi va uni kelishish talab etilmaydi.

Ulanadigan quvvati 50 kVtgacha boʻlgan isteʼmolchilarni elektr tarmoqlariga ulash belgilangan muddatlarda tabaqalashgan bir martalik toʻlov asosida amalga oshiriladi.

Mazkur tartib 2022-yil 1-yanvardan boshlab kuchga kiritiladi.

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
1 ta foydalanuvchi hozir saytda
Sayt haqida firingiz?

Ўзбекистон Республикаси герби    Ўзбекистон Республикаси байроғи   Ўзбекистон Республикаси мадҳияси