Uzun tumani hokimligi
Men farzandimning kelajagiga befarq emasman!

Prezidentimiz tashabbusi bilan joylarda o'tkazilib kelinayotgan "Otalar yig'ilishi" bugun Uzun tumanining "Saxovat" mahallasi 38-umumta’lim maktabida bo’lib o’tdi."Men farzandimning taqdiriga befarq emasman" chaqirig'i ostida o'tgan tadbirda tuman hokimi Xabibulla Bozorov so'zga chiqib, yig'ilganlarga dunyoda kechayotgan vaziyatlardan to'g'ri xulosa chiqarishga va farzandlarimiz taqdiriga befarq bo'lmasligimiz, ularning ilmli, barkamol avlod bo'lib yetishishlari uchun bor kuch g'ayratimizni safarbar etish zarurligini aytib o'tdi.

Bugungi kunda yoshlar o'rtasida chet elga borib, ishlab, tezda boyib ketish xom-hayollari bir muncha avj olgan. Ammo bu aytilganidek xom-hayol ekanligi u yerlarda til bilmaslik, kasb bilmaslik, noqonuniy migratsiya qanday oqibatlarga olib kelishi, yaqindagina o'zga yurt-da bo'lib qaytgan ikki nafar tumanimiz yoshlarning o'zlaridan eshitildi.

Biroq farzandining kelajagidan ko'ngli to'q, qonuniy yo'l va tegishli til sertifikati, kerakli malaka talabiga ega bo'lib,  chet elga ketgan yoshlarning otalari ham so'zga chiqib, o'z farzandlarining muvaffaqiyatidan mamnun ekanliklarini aytib o'tishdi.Tadbir davomida "Din ishlari bo'yicha qo'mita'' tomonidan ishlangan video rolik namoyish etildi. Bundan yig'ilganlar tegishli xulosa chiqarish kerakligi ta'kidlab o'tildi.

Yig'ilish so'ngida o'zining namunali xulqi, a'lo o'qishi bilan tengdoshlariga o'rnak bo'lib kelayotgan bir guruh o'quvchilarning otalari diplom hamda kitoblar to'plami bilan taqdirlandilar.

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
2 ta foydalanuvchi hozir saytda
Sayt haqida firingiz?

Ўзбекистон Республикаси герби    Ўзбекистон Республикаси байроғи   Ўзбекистон Республикаси мадҳияси