Uzun tumani hokimligi
Arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlar yarmarkasiga marhamat!!!

Ramazon oyi hamda kelayotgan Navro'z bayrami kunlari tumanimizdagi "Uzun Dehqon Bozori" da asosiy turdagi oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining bayram oldi savdo yarmarkalari faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Taʼkidlash joiz savdo nuqtalarida sotuvchilar uchun barcha zaruriy sharoitlar yaratilgan. Jumladan, rastalar, sovutkichlar, tarozilar va mahsulotlarni saqlash uchun omborxonalar, to‘lov terminallari bilan taʼminlab berilgan.

Oziq-ovqat yarmarkasining formati fermerlar va dehqonlarga o‘z mahsulotlarini peshtaxtalarni ijaraga olmagan holda xaridorlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotish imkoniyatini beradi. Bu qishloq xo‘jaligi mahsulotini ishlab chiqaruvchilarning xarajatlarini kamaytiradi va xaridorlar uchun yakuniy narxda o‘z aksini topishi shubhasiz.‌‌

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
4 ta foydalanuvchi hozir saytda
Sayt haqida firingiz?

Ўзбекистон Республикаси герби    Ўзбекистон Республикаси байроғи   Ўзбекистон Республикаси мадҳияси