Uzun tumani hokimligi
Tomorqa madaniyatini rivojlantirish mavzusida seminar bo’lib o’tdi

Tomorqa — odamlarning madaniyati, turmush farovonligi ko'zgusi Yurtimizda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, ayniqsa aholining tomorqadan unumli foydalanishini qo‘llab-quvvatlashga qaratilayotgan e’tibor yuksak samaralar bermoqda. Uzun tumanida ham ana shunday e’tibor samarasida tomorqadan unumli foydalanib, oilasi farovonligi, bozorlarimiz to‘kinligiga munosib hissa qo‘shayotgan yurtdoshlarimiz bisyor

Uzun tuman hokimi Xabibulla Bozorov boshchiligida tuman hokimi o'rinbosarlari, mahalla yettiligi ishtirokidagi seminar qatnashchilari tumandagi "Nurafshon", "Fayzova", "Uzun qishloq", "Obzarang" hamda "Yangi ro'zg'or" mahallalarda bo’lib tomorqadan unimli foydalanayotgan fuqarolar bilan uchrashdilar va tadbirkorlar qo‘shimcha daromad olayotgani haqidagi o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashdi hamda bu amaliyotlarni barcha mahallalarda joriy qilish bo’yicha yettilikga topshiriq berilib ijrosi tuman hokimi tomonidan nazoratga olindi.

Xulosa qilib aytganda mazkur seminarning asosiy maqsadi xonadonida mavjud tomorqadan unumli foydalanayotganlarni aholiga o‘rnak sifatida ko‘rsatib, fuqarolarning o‘z tomorqasidan daromad olishga o‘rgatishdan iboratdir.

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
3 ta foydalanuvchi hozir saytda
Sayt haqida firingiz?

Ўзбекистон Республикаси герби    Ўзбекистон Республикаси байроғи   Ўзбекистон Республикаси мадҳияси