Uzun tumani hokimligi
KUYDIRGI KASALLIGIDAN OGOX BO‘LING

        Kuydirgi kasalligi-zooantraponoz kasallik bo‘lib odamlar va xayvonlarda uchraydigan o‘ta xavfli va yuqumli kasallikdir.

Kasallik qo‘zg‘atuvchisi-tuproq infeksiyasi bo‘lib, xayvonlarda alikentar yo‘l bilan yem-xashak orqali yuqadi, odamlarga tuproqda yalang oyoqishlaganda, paxsa (devar) urganda, kulolchilarda, dexqonchilik ishlari ximoyalanmagan yo‘l bilan ishlaganda, ochiq jaroxat orqali, kuyydirgi bilan kasallangan xayvonlarni so‘yish, terisini shilish, go‘shtini maydalash, kala-pocha va oshqozon-ichaklarini tozalash jarayonlarida yuqadi.

Xayvonlarda kuydirgi kasalligi juda og‘ir kechib, tana xarorati to‘satdan 40-41 Sgacha ko‘tariladi, ichaklaridan qon ketadi, xolsizlanib yotib qoladi va bu xolat o‘lim bilan yakun topadi.

Kuydirgi kasalligi xayvonlardan-xayvonlarga, xayvonlardan-odamlarga yuqadi, lekin odamdan –odamga yuqmaydi.

KASALLIK ODAMLARDA QANDAY KEChADI?

-Odamlarda kasallik asosan (98.0-99.0% xolatlarda) teri yarasi (korbunkul) shaklida naoyon bo‘ladi.

-Bemorlarda tana xarorati ko‘tariladi.

-Kuydirgi yarasi og‘riqsiz bo‘ladi, yaraning ustki qismi ko‘mir rangiga o‘xshash qora po‘mtloq bilan qoplanadi, yara atrofi qizarib, shish paydo bo‘ladi.

-Kuydirgi yarasi ko‘pincha badanning ochiq qismlarida (qo‘l, oyoq, yuz, bo‘yin) uchraydi.

KUYDIRGI KASALLIGIDAN SAQLANISh UChUN:

-chorva mollarini veterinar ko‘rigidan o‘tkazib, ko‘ydirgi kasalligiga qarshi emlatish;

-kasal bo‘lgan xayvonlarni veterinar ruxsatisiz so‘yilishiga yo‘l quymaslik, mollarni faqat kushona va so‘yish maydonchalarida veterinar ko‘rigidan o‘tkazilgandan so‘ng so‘yish;

-duch kelgan joylardan go‘sht sotib olmaslik, go‘shtni go‘sht pavilyonlari va do‘konlardan xarid qilish;

-hayvonlarni parvarish qilishda shaxsiy gigiena qoidalariga qat’iy rioya etish;

-chorva mollari kasallanganda, zudlik bilan veterinariya xizmati idoralariga murojat qilish kerak.

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
7 ta foydalanuvchi hozir saytda
Sayt haqida firingiz?

Ўзбекистон Республикаси герби    Ўзбекистон Республикаси байроғи   Ўзбекистон Республикаси мадҳияси