Uzun tumani hokimligi
Quturish kasalligidan ogox bo‘ling!

O‘zbekiston Respublikasi  Vazirlar Maxkamasining 2011 yil 8 iyuldagi “Qarovsiz qolgan xayvonlarni tutish va saqlash bilan bog‘liq xizmatlar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi № 202-sonli  xamda shu xaqdagi viloyat xokimining 2011 yil 21 iyuldagi 147-sonli qaroriga asosan 2011 yil 1-chavgustdan boshlab tuman Obodonlashtirish boshqarmasi xuzurida qarovsiz qolgan xayvonlarni tutish bo‘limlari tashkil etildi. Tashkil etilgan bo‘linma ko‘chalarda va boshqa joylarda qarovsiz qolgan shu jumladan egasiz itlar mushuklar va yirtqich xayvonlarni tutishni tashkil etish shunigdek ularni vaqtincha saqlash uchun maxsus joylar barpo etish vazifalari yuklatilgan.

       Quturish o‘tkir kechadigan yuqumli kasallik bo‘lib, markaziy nerv sistemasining og‘ir shikastlanishi bilan o‘tadi. Bu kasallikning yakuni muqarrar o‘limdir. Quturishning qo‘zg‘atuvchisi neyratrop filtrlanuvchi virus bo‘lib kasal xayvon arganizmi bosh miyasida ko‘p miqdorda to‘plandi.Shuningdek orqa miya so‘lak bezlari va so‘lak tarkibida ajralib chiqadi.

        Quturish kasalligi bilan barcha turdagi yovvoyi va uy xayvonlari xamda odamlar kasallanadi. Yovvoyi xayvonlardan asosan go‘shtxshrlar, uy xayvonlaridan itlar, mushuklar kasallanadi. Kasal xayvon kasallik qo‘zg‘atuvchi manbayi xisoblanadi.

       Virus kasal xayvon so‘lagida kasallikni klinik belgisi namayon bo‘lishidan 8-10 kun oldin paydo bo‘ladi. Quturgan xayvon sog‘lom xayvonni tishlaganda virus so‘lak orqali xayvonga o‘tib, kasallik qo‘zg‘atadi. Tabiatda quturish kasalligining tabiiy o‘choqlari mavjud viruslar kemiruvchilar, ko‘rshapalaklar arganizmida saqlanadi qon so‘ruvchi ko‘rshapalaklar kaslalik qo‘zg‘atuvchi xavfli manba xisoblanadi. Organizmga tushgan virus  nerv tolalariga o‘rnashib nerv stvoli orqali bosh va orqa miyaga qarab yuradi. Virus bosh miyaga yetgach nerv to‘qimalarini jaroxatlaydi, ko‘payib rivojlanadi va perefirik nerv to‘qimalari orqali so‘lak bezlariga o‘tib so‘lak orqali tarqaladi. Nerv to‘qimalarida degeniratsiya boshlanib falajlikka olib keladi. Nafas muskullari falajlanib asfiksiya natijasida kasallikdan xalok bo‘ladi. Kasallikning yashirin davri tishlangan joyda jaroxatning xarakteriga virusning soni va virulentligiga bog‘liq. Eng qisqa davr 7-10 kun bo‘ladi. Itlarning quturishi ko‘pincha shiddatli va tinch shaklda namoyon bo‘ladi.

      Shiddatli shakl 3 bosqichda o‘tadi Prodromol bosqichda kasal xayvon xulqi o‘zgaradi. Bu bosqis 12-soatdan 3 kungacha cho‘ziladi. It xomush ko‘rinadi, qorong‘u joyga o‘zini tortib egasi chaqirsa xam kelmaydi. Ishtaxasi buzilib, odatdagi ovqatlarni yemasdan ochko‘zlik bilan yerni tirnab tuproqni tishlay boshlaydi. Yog‘och yoki temir bo‘lakchalarini xam yeyishi mumkin. Uning tovushi o‘zgarib ko‘proq uvillaydi. Qo‘zg‘alish bosqichida bezovtalanishdan tajovvuz qilishga o‘tadi. Qo‘rqish alomatlari yo‘qoladi. It bog‘langan zanjirni tishlab uzadi, uzoq masofaga chopib qochib ketadi, odam va xayvonlarga tashlanadi. Bunda kutilmaganda birdan tishlab oladi tomoq va til falaj bo‘lib qolganligi uchun og‘zidan juda ko‘p so‘lak oqadi, pastki jag‘ tushib ketadi bezovtalanish 3-4 kun davom etadi. Falajlanish bosqichida it ozib ketadi Afoniya bo‘ladi (tovushyo‘qoladi) tomoq, til, jag‘ falajiga orqa oyoq falaji ko‘shiladi, keyin oldingi oyoqlar falajlanadi 8-10 kun o‘tgach o‘ladi. Kasallikni oldini olish uchun xozirgi vaqtda kultural vaksinalardan foydananilmoqda. Quturish kasalligini oldini olishda daydi it va mushuklar yo‘q qilinadi. Nosog‘lom punktlardagi yovvoyi go‘shtxo‘r xayvonlarni tishlagan itlar 10 kun davomida izalyatorda saqlanadi. Kasallik qayd qilinsa xo‘jalik nosog‘lom deb cheklash elon qilinib 60 kun o‘tgach cheklash bekor qilinadi. Dezinfeksiya uchun 4%li farmaldegid ishlatiladi.

       Tuman veterinariya bo‘limiga axoli va fermer xo‘jaliklar xisobida mavjud it va mushuklarni ro‘yxatga olib quturish kasalligiga qarshi emlab pasport berib itlarning emlanganligini itlarning pasportiga qayt etib itlarning gelmentoz kasalliklariga qarshi digelmintizatsiya o‘tkazish. Odamlarga tan jaroxati yetkazgan itlarni 10 kun davomida saqlash uchun it egalaridan boshliq nomiga tilxat olib it saqlash qoidalari tushintirish yuklatilgan.

      Ushbu qarorga asosan  xonadon egalari xo‘jalikka yangi olib kelingan itlarni       3 kun ichida quturish kasalligiga qarshi emlab pasport olishi uchun xududiy veterinariya mutaxasislariga murojat etish aniq qilib ko‘rsatib berilgan. Shuning uchun xo‘jalikizdagi it va mushuklarni quturish kasalligiga qarshi emlatib, o‘zingiz va atrofdagilarni quturish kasalligidan saqlang.

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
2 ta foydalanuvchi hozir saytda
Sayt haqida firingiz?

Ўзбекистон Республикаси герби    Ўзбекистон Республикаси байроғи   Ўзбекистон Республикаси мадҳияси