Uzun tumani hokimligi
Veterinariya ko‘rigidan o‘tkazilmagan go‘sht mahsulotlari to‘xtatib qolindi
Davlat veterinariya xizmati va IIB karantin tadbirlarini tashkil etish bo‘linmasi xodimlari hamkorligida Jizzax viloyati G‘allaorol tumani xududida joylashgan “Sangzor-15” YPX maskanida karantin tadbiri o‘tkazildi. 

Tadbir davomida “Qarshi-Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib kelayotgan Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida yashovchi fuqaro Asliddin Abdurahmonov boshqaruvidagi “KIA BONGO” rusumli avtomashina to‘xtatib, tekshirilganda mashina yukxonasida hech qanday veterinariya tekshiruvlaridan o‘tkazilmagan 2640 kg go‘sht mahsulotlari Toshkent shahriga olib ketilayotganligi aniqlandi.

Iste’molga yaroqli yoki yaroqsiz ekanligi noma’lum bo‘lgan ushbu go‘sht mahsulotlari Qashqadaryo viloyati Koson tumanida yashovchi fuqarolarga tegishli ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Ushbu go‘sht mahsulotlarining sifatini tekshirish, shuningdek kasallik uyg‘otuvchi omillar bor-yo‘qligini aniqlash maqsadida Jizzax shahar xududidagi Jizzax viloyat Elektr tarmoqlari boshqarmasiga qarashli muzxonaga vaqtincha joylashtirildi. 

Iste’molga yaroqlilik holatini tekshirish uchun undan na’munalar olinib, viloyat veterinariya laboratoriyasiga topshirildi.

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish
Davlat qo‘mitasi Axborot xizmati

 

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
4 ta foydalanuvchi hozir saytda
Sayt haqida firingiz?

Ўзбекистон Республикаси герби    Ўзбекистон Республикаси байроғи   Ўзбекистон Республикаси мадҳияси