Test rejimi: mahsulotlar haqiqiy emas

Maxfiylik siyosati

Oxirgi yangilanish: 2026-yil 13-oktabr

Bu siyosat uzun.uz sayti va uzun.uzmobil ilovasiga (Android) tegishli. Biz faqat xizmat ishlashi uchun zarur ma'lumotni to'playmiz va uni sotmaymiz.

1. Qanday ma'lumot to'playmiz

  • Hisob: email manzilingiz, ismingiz. Google orqali kirsangiz — Google bergan email va ism.
  • Buyurtma: qabul qiluvchining ismi, telefon raqami, yetkazish manzili yoki tanlangan topshirish punkti, buyurtmadagi mahsulotlar.
  • To'lov cheki: siz yuklagan chek rasmi va tranzaksiya raqami — to'lovni tekshirish uchun. Karta raqamingizni so'ramaymiz va saqlamaymiz.
  • Sotuvchilar uchun: korxona yoki shaxs nomi, STIR, aloqa ma'lumotlari, pul o'tkaziladigan karta.
  • Qurilma: bildirishnoma yuborish uchun qurilma tokeni (Firebase Cloud Messaging) va ilova versiyasi.
  • Joylashuv: faqat siz "Menga eng yaqin punktni topish" tugmasini bossangiz, telefonda eng yaqin punktni hisoblash uchun. Serverga yuborilmaydi va saqlanmaydi.
  • Kamera: faqat kuryer va punkt xodimi mijozning QR kodini skanerlaganda ishlatiladi. Rasm saqlanmaydi.
  • Rasmlar: to'lov cheki yoki mahsulot rasmini o'zingiz tanlaganingizda galereyangizdan.

2. Nima uchun foydalanamiz

  • Hisobingizga kirish va buyurtmani rasmiylashtirish, yetkazish, topshirish punktida berish.
  • To'lovni tekshirish, qaytarish va pulni qaytarib berish.
  • Buyurtma holati haqida email va bildirishnoma yuborish.
  • Firibgarlikning oldini olish va xizmat xavfsizligi.

Reklama uchun kuzatuv (tracking) va uchinchi tomon reklama tarmoqlaridan foydalanmaymiz.

3. Kimlarga beriladi

  • Sotuvchiga — buyurtmangizni tayyorlash uchun zarur qism (mahsulot va miqdor).
  • Kuryer, haydovchi va punkt xodimiga — yetkazish va topshirish uchun ism, telefon, manzil.
  • Xizmat ko'rsatuvchilar: Resend (email yuborish), Google Firebase (bildirishnomalar), Google (Google orqali kirish), server xostingi.
  • Qonun talab qilgan hollarda — vakolatli davlat organlariga.

Ma'lumotlaringizni sotmaymiz va reklama maqsadida bermaymiz.

4. Saqlash va xavfsizlik

Ma'lumotlar himoyalangan serverda saqlanadi, ulanish HTTPS orqali shifrlanadi. Kirish faqat email kodi yoki Google orqali, parol saqlanmaydi.

Hisobingiz o'chirilganda ism, email, telefon, manzillar, sevimlilar va qurilma ma'lumotlari o'chiriladi. Buyurtma va to'lov yozuvlari buxgalteriya hisobi va qaytarishlar uchun qonunda belgilangan muddat saqlanadi, so'ng o'chiriladi.

5. Huquqlaringiz

  • Ma'lumotlaringizni ko'rish va tuzatish — profilingizda.
  • Hisobni o'chirish — ilovada (Profil → Hisobni o'chirish) yoki shu sahifada.
  • Bildirishnomalarni o'chirish — telefon sozlamalarida.

6. Bolalar

Xizmat 16 yoshdan kichik bolalar uchun mo'ljallanmagan va ulardan ataylab ma'lumot to'planmaydi.

7. Aloqa

Savollar bo'yicha: Telegram @mr_turaqulov. Siyosat o'zgarsa, yangi tahrir shu sahifada e'lon qilinadi.