Uzun tumani hokimligi
Diniy ekstremistik oqimlar din kushandasi.

Hozirgi davrdagi jaholat urug‘ini sochayotgan ekstremistik g‘oyalarga ma’rifiy jihatdan kurashda islom dinimiz tarixiy taraqqiyotida ham shaklan boshqacharoq ko‘rinishda bo‘lsada, lekin mazmunan aynan shunday ekstremistik g‘oyalar oldin ham bo‘lganiga guvoh bo‘lamiz. Islom dinimiz rivojiga buyuk hissa qo‘shgan bobokalonimiz Abu Mansur Moturidiyning ilmiy merosida soxta g‘oyalarga qarshi ish olib borgan kurashini ko‘rish mumkin. U kishining “Kitob at-tavhid” asarida soxta ta’limotlarga ergashishni oldini olishda ishonchli dalillardan keltirib, bu yo‘ldagi barcha xatoliklar sababini aniq ko‘rsatib berganiga guvoh bo‘lamiz: “Taassub, bu ko‘r-ko‘rona taqlid bo‘lib, u juda keng tarqalgan illatdir, ya’ni bunda juda ko‘pchilik biron-bir ma’naviy yoki diniy yo‘lboshchiga, uning fikrlari mazmun-mohiyatini tushunmagan holda qo‘shilishga yengib bo‘lmas moyillik bildiradi. Mana shu sabab natijasi o‘larok, har bir firqa va har bir yo‘nalish shu paytga qadar o‘z tarafdorlariga ega bo‘lib kelmoqda. Bu muxlislar qachondir qabul qilingan soxta ta’limotga sadoqatda qat’iylik namoyish etmoqdalar va yana o‘zlarini haqiqatning yagona egalari hisoblamoqdalar”,-degan fikrlari bugungi diniy-ekstremistik guruhlarga aytilgandek seziladi. Moturidiy bobomiz o‘sha davrdagi islom ichidagi soxta oqim va firqalarning haqiqiy mohiyatini ochib bergan. Bunday oqimlar o‘sha davrda ham ko‘p bo‘lgan. Shunga qaramasdan ezgulik bilan yovuzlik jamiyatda hamisha yonma-yon kurashib, bu kurashda ezgulik g‘alaba qilib kelgan.

Shu ma’noda bugungi jaholat yo‘liga kirgan, dinni niqob qilib olgan halqaro terrorizmga qarshi kurashdagi ma’rifiy yo‘llaridan biri o‘zbek xalqining milliy va islom dinining qadriyatlari, ularga tayanib, yosh avlodni Vatanga muhabbat, ajdodlarga sadoqat, zo‘ravonlikka nafrat ruhida tarbiyalovchi, ularni ezgulik va bunyodkorlikka da’vat etuvchi bitmas-tuganmas kuch-qudrat manbai sifatida qaralishi lozim. Ular nafaqat mafkuraviy bo‘shliqning yuzaga kelishiga, balki ming yillardan beri halol mehnati va olamshumul kashfiyotlari bilan jahon taraqqiyotiga salmoqli hissa qo‘shib kelayotgan o‘zbek xalqining harakterli xususiyati (mentaliteti)ga tamomila zid bo‘lgan terrorchilik g‘oyalarining kirib kelishi va yoshlar ongini zaharlashga qarshi qaratilgan mustahkam qalqon bo‘lib hizmat qilishi mumkin.

Milliy - diniy qadriyatlarimizni har qanday soxta yovuz g‘oyalardan saqlash va himoya qilishda Islom dini o‘z ta’limotlaridan Qur’oni karim va hadislardan ma’rifiy jihatdan foydalgan holda yoshlarimiga yetkazishimiz zarur. Islom dinida har qanday sharoitda ham terroristik harakatlarni qoralangani, nohaq to‘kilgan qon kimning qoni bo‘lishdan qat’iy nazar eng og‘ir gunoh hisoblanishi aytilgan.

Qur’onni Karimning “Moida” surasi 33-oyatda bu fikrning isboti o‘z aksini topgan: “Biror jonni o‘ldirmagan, buzg‘unchilik, qaroqchilik kabi fasod ishlarni qilmagan insonni o‘ldirgan odam huddi hamma odamlarni o‘ldirgan kabidir. Unga hayot bahsh etgan odam esa barcha odamlarni tiriltirgan kabidir”.

Payg‘ambarimiz (S.A.V): “Yov bilan harbiy to‘qnashuvni orzu qilmangiz, balki Allohdan xotirjamlik va osudalik tilangiz”, deb marhamat qilganlar (Imom Buxoriy rivoyati).

Bugungi kunda islom dinining qanchalik insonparvar, mehr-shafqatga chaqiradigan, taraqqiyparvar va ma’rifatparvar dinligini yoshlarimiz anglab yetgandagina turli islom niqobidagi ekstremistik jaholat yo‘liga kirgan g‘oyaviy kuchlarga nafrat bilan qaraydi, shuningdek, biz imom-xatiblar ham vatandoshlarimizga va yoshlarimizga asl islomning mohiyati va mazmunini asl holatda anglata olgandagina to‘la maqsadimizga erishamiz.

 

 Uzun tumani Baxouddin Nakshbandi

 jomi masjid imom xatibi                             OLIMOV ABDURAXMON.

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
4 ta foydalanuvchi hozir saytda
Sayt haqida firingiz?

Ўзбекистон Республикаси герби    Ўзбекистон Республикаси байроғи   Ўзбекистон Республикаси мадҳияси