Davlatimiz rahbari tomonidan Muborak Ramazon oyida yana bir xayrli, savobli “Mehr-5” insonparvarlik operatsiyasi amalga oshirildi. Natijada 93 nafar hamyurtlarimiz Suriyadan olib kelindi. Bu fuqarolar Suriyadagi urush ketayotgan “qaynoq nuqtalarga” borib qolib, “Al-Hol” lagerida 3 yildan ortiq vaqt davomida ushlab turilgan. Ularning 24 nafari ayol, 69 nafari bolalardir. Qaytgan vatandoshlarimiz orasida 7 nafar bolalarning na otasi, na onasi bor, hech kimi yo‘q, chin etimlar ekanligi afsuslanarlidir. Mana shunday xayrli ishlar natijasida bugungi kunga qadar yurtimizga jami 400 dan ortiq fuqarolar qaytarildi.
Olib kelingan vatandoshlarimiz Toshkent viloyatidagi “Bo‘ston” sanatoriyasiga joylashtiriladi. Qaytganlarga davlatimiz tomonidan tibbiy, psixologik, moddiy-ma’naviy yordamlar ko‘rsatiladi. Ularning tinch hayotga qaytib, jamiyatga moslashishi, ta’lim va ijtimoiy hayotda ishtirok etishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratiladi. Boshpana va ish bilan ta’minlanish choralari ko‘riladi. SHuningdek, ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni rasmiylashtirish bo‘yicha zarur ishlar amalga oshiriladi.
...Men o‘tgan yili vatanimizga qaytganlar haqida tayyorlangan filьmni ko‘rib juda ta’sirlangan edim. Ular orasida yoshgina juvonlar borligi, meni afsuslantirdi. Davlatimiz tomonidan ularning o‘qishi, ishlashi uchun sharoitlar qilib berilayotgani xaqiqatda yurtimizda inson qadri qanchalik ulug‘lanayonganidan dalolatdir. Ularning ko‘zlarida mung borligi, afsusdaligi, gaplaridan ko‘rinib turibdi. Aldov va pul topish ilinjida bilib-bilmay turli xil oqimlarga kirib qolayotgan yoshlarimizning o‘z yo‘lini topib olishlari uchun imkoniyat berilishi mehr-oqibatning o‘zginasi emasmi?
Bu kabi noxush holatlar bo‘lmasligi uchun oilalarda farzandlar tarbiyasiga jiddiy e’tibor qaratishimiz lozim. YOshlarning bo‘sh vaqtlarini unumli o‘tkazish maqsadida, sport va turli xil to‘garaklarning tashkil qilinishi, er ajratilishi xatto urug‘ va ko‘chatlarini ham olib berilishi, kasb hunarga o‘qitilib, kreditlar ajratilib, subsidiyalar berilishi, kelajakda mana shunday yot g‘oyalar qurboni bo‘lib qolmasligi uchun qilinayotgan chora-tadbirlardir. YUrtimizda mana shunday ezgu ishlar davom etaversin.
Mavjuda HASANOVA,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati,
XDP fraksiyasi a’zosi.
© Uzun tumani hokimligi veb-saytlari 2025